0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM hamda Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari hamkorligida jamoat transportida yo‘lkira to‘lovini amalga oshirish yuzasidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bunday holatlar yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi talablari asosida choralar ko‘rilmoqda.
Ma’lumki, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yo‘lkira tushumlariga bog‘liq. Har bir yo‘lovchining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yo‘lkira to‘lashi — avtobuslar muntazamligi, xizmat sifati va qulaylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Yo‘lovchilarga eslatma:
Bugungi kunda shahar jamoat transportida naqd pul va elektron to‘lov turlari orqali yo‘l haqi to‘lovi amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron to‘lovning quyidagi turlari joriy etilgan:
Ma'lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra:
144-modda — “Chiptasiz yurish”: jamoat transportida yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchiga BHMning 1/10 qismi miqdorida jarima belgilanadi.
(2025-yil holatiga: 41 200 so‘m).