Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tomonidan 2025 yilni 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T
Toshkent shahrida aholini transport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qulayliklar yaratish maqsadida, hozirgi kunda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha
2025 yilning 7 oyi davomida transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 137M-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishi 8 ta jadval asosida qayta tiklangan va 25M-sonli taksi yo‘nalishini harakat jadvallari soni 5 tadan 2 taga ko‘paytirib 7 taga yetkazilgan, faoliyati to‘xtab qolgan 167M-sonli “Yunusobod mavzesi 12-daha – Chorsu savdo markazi” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi harakat jadvallari soni
7 tadan 3 taga kamaytirilib, 4 ta xarakat jadvali bilan faoliyati qayta tiklandi;
Tender savdolarini o‘tkazilishi bo‘yicha
Bugungi kunda Toshkent shahrida jami tasarruf etilayotgan 209 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, shundan 164 ta avtobus yo‘nalishlari hamda 55 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida mulkchilikning turli shakllaridagi tadbirkorlik sub’ektlari xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil
6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738–sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari bo‘yicha
6 marotaba elektron tarzda ochiq tenderlar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan ochiq tenderlarda 1 ta avtobus va 14 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ochiq tenderga joylashtirilgan va talabgorlardan kelib tushgan tender takliflari yuzasidan tender g‘oliblari aniqlanib, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta ommaviy oferta shartnomalari tuzilgan.
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvlarini litsenziyalash
Yuridik va jismoniy shaxslarga o‘z faoliyatlarini qonuniy olib borishlarini tashkil etish hamda tijorat asosida avtotransport vositalaridan foydalanishda litsenziya varaqalarini olinishi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
Boshqarma tomonidan 2025 yilni yanvar-iyul oylarida jami
22 853 ta litsenziya va 49 722 ta litsenziya varaqalari berilgan bo‘lib,
jami 16 mlrd. 134 mln. 125 ming so‘mlik davlat boji undirilgan.
Hozirgi kunda, Toshkent shahrida litsenziya olib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 217 ta, o‘zini-o‘zi band qilganlar soni
61 737 ta bo‘lib, jami avtotransport vositalariga litsenziya varaqasi olganlar soni 71 010 tani tashkil etadi.
Transport va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qaroriga asosan, 2025 yilni 6 oyi mobaynida:
Shuningdek, joriy yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahar hokimligi, “Transport ilmiy tadqiqot markazi” MChJ, Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi hamda “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM bilan birgalikda, Toshkent shahridagi avtobus oraliq bekatlarida xatlov o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra Toshkent shahrida jami 2685 ta avtobus oraliq bekatlari mavjudligi aniqlanib, ushbu bekatlardagi aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xatlar yuborilgan.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish maqsadida, shahar markaziy ko‘chalari va aholi yashash mavzelari atrofida
1 233,5 km. uzunlikdagi velosiped va piyodalar yo‘laklari tashkil etilgan.
Kelib tushayotgan ko‘p sonli fuqarolar murojaatlariga asosan, Toshkent shahrining 92 ta manzilida IIBB YXHB va Transport bosh boshqarmasi bilan birgalikda yangi bekat manzillari tashkil qilingan.
Shuningdek, mahallalarda kelib tushayotgan murojaatlarga asosan, Toshkent shahar xududida joylashgan Milliy bog‘, Murabbiylar, Yangi hayot, Ilg‘or, Beshqo‘rg‘on va Sergeli yo‘li ko‘chalarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida avtobus oraliq bekatlarida o‘rganish ishlari olib borilgan va yo‘lovchilarga noqulayliklar tug‘dirayotgan bekatlarning manzillari boshqa qulayroq manzilga ko‘chirilgan.
Transport vositalarining harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatayotgan, chorraha yaqinida mavjud bo‘lgan 25 ta avtobus bekatlarini chorrahadan kamida 20 metr masofaga ko‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil
31 oktabrdagi “Toshkent shahrida jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari imkoniyatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 726-sonli qarorida Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechish hamda avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklar bilan jihozlash belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, avtobuslarni
“QR reader” statsionar validatorlari bilan 1671 ta avtobuslarga
“QR reader” qurilmalari o‘rnatilgan.
Shuningdek, Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tomonidan shaharda mavjud avtobus bekatlari inventarizatsiya qilib chiqildi.
Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra 1321 ta bekatga infokiosk o‘rnatish rejalashtirilib, bugungi kunda ushbu bekatlarning barchasi infokiosklar bilan jixozlangan.
Shuningdek, bekatlarga hamda bektlar atrofiga (300 metr radiusda) jami 5060 ta (“Paynet” – 4410 ta, “Oson” – 250 ta, “multipay” – 400 ta) infokiosklar o‘rnatilgan.
Toshkent shahridagi tirbandliklarni, markaziy ko‘chalarda transport oqimini kamaytirish, jamoat transportining o‘rtacha harakatlanish tezligini oshirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtashini tartibga solish, aholining jamoat transportidan foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahrining 10 ta (A.Temur, Istiqlol, Istiqbol, Mirobod, Glinka, Bratislava, Shaxrisabz, O‘zbekiston ovozi, X.Olimjon va S.Azimov) ko‘chasida avtomobillar uchun yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil qilingan.
Transport tizimini raqamlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahri va atrofida joylashgan avtoshoxbekat va oraliq bekatlari o‘rganib chiqilib, bekatlar joylashuvi koordinatalari IVMS intelektual transport tizimiga yuklangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-139-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda brutto-shartnoma tizimiga o‘tgan tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qiluvchi va baholovchi dasturni joriy etish maqsadida, IVMS intellektual transport tizimiga yuklangan avtoshohbekat va oraliq bekatlar asosida tasdiqlangan yo‘nalish chizmalariga muvofiq Toshkent shahrining jami 164 ta avtobus yo‘nalishi shakllantirilgan.
Jamoat transporti jozibadorligini oshirish va imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, dasturda sun’iy intellekt yordamida bekatlarni ovozli fayllari yozilgan va avtobus salonlarida bekatlarni ovozli xabardor qilinishini ta’minlangan.
Toshkent shahri va atrofida joylashgan avtoshoxbekat va oraliq bekatlarining o‘rganish natijalari asosida hamda tasdiqlangan yo‘nalishlar harakatlanish chizmalari va jadvallariga, oraliq va so‘ngi bekatlari joylashuviga (yo‘l infratuzilmasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, bekatlar ko‘chirilganda) kiritilgan o‘zgartirishlar asosida IVMS intellektual transport tizimida tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.