Bosh boshqarmaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati

  Bosh boshqarmaning rasmiy veb-saytlariga quyidagi axborotlar joylashtiriladi:

 

1. Boshqarmaning  huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

2. Boshqarmaning  faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

3. Boshqarma tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,  shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4. Boshqarma tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar,  uchrashuvlar,  matbuot konferensiyalari,  brifinglar,  seminarlar,  davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

5. Boshqarma faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

6. Boshqarma tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar)  to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

7. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

8. Boshqarma rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzidagi axborot (fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo) ;

9. Boshqarma boshlig'ini ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar,  ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari,  elektron pochta manzillari,  ma’lumot xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari,  jamoat transportining qatnov yo‘llari,  to‘xtash joylarining nomlari va yo‘nalish raqamlari;

10. Boshqarma tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining ro‘yxati;

11. Ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida axborot;

   Transport vazirligining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.