Ko'p beriladigan savollar

- Chiptangizda perron raqami va avtobus davlat raqami ko‘rsatiladi. Avtovokzaldagi perronlarning har birida belgi bor, unga ko‘ra kerakli avtobusingizni osongina topishingiz mumkin.

Bepul chipta 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taqdim yetiladi. Sizda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va ota-onaning bolani olib chiqib ketish uchun roziligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.

Bu siz tanlagan tarifga, shuningdek, qancha muddat avval chipta bron qilinayotganiga bog‘liq. Bron amal qilinishining aniq vaqti va uning davomiyligi haqidagi ma’lumotni chipta sotish kassalaridan olishingiz mumkin.

Ha, va juda oson. Siz Uzavtotrans kassalariga murojaat qilishingiz, ism-sharifingizni va reysingizni yoki chiptaning raqamini ko‘rsatishingiz kerak va u oldingizda tiklab beriladi.

- Ha, yo‘qotilgan chiptani tiklashda bo‘lgani kabi, Uzavtotrans kassalariga murojaat qilishingiz kerak, u yerda pul qaytarib beriladi. Avtobusga chiqmaganingizda aybingiz bo‘lmasa, chipta narxi sizga hech qanday jarima solmasdan qaytarib beriladi.

- Bu mumkin. Asosiy shart - hayvonni bagajda tashish. Uy hayvoningiz sayohat davomida boshqa yo‘lovchilarga va haydovchiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.

- Agar yukingizni topa olmasangiz, aniq ma’lumot uchun UzAvtoTrans dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishingiz yoki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak.

- Xalqaro reys chiptasini sotib olish uchun avtovokzal kassasiga murojaat qilishingiz kerak. Pasportingizni olib kelishni unutmang.

- Siz aviakompaniya saytidagi «Onlayn tablo» bo‘limiga murojaat qilgan holda reysingizning terminalini aniqlab olishingiz mumkin. Shuningdek, aeroportga kelib, zaruriy ma’lumotlarni uchish zalidagi tablodan ham bilishingiz mumkin.

- Jadvalda ko‘rsatilgan va chipta sotib olayotganingizda sizga, balki, ma’lum qilingan samolyot turi texnik yoki amaliy sabablarga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Reysingiz uchun aynan qanday havo kemasi tayyorlanayotganini bilish uchun reysingizga yo‘lovchilar va yuklarni ro‘yxatga olayotgan aviakompaniya xodimiga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi.

- Ko‘pgina mamlakatlarda pasport amal qilish muddatiga maxsus talablar mavjud. Ko‘pincha pasportingiz amal qilish muddati sayohatingiz davomiyligi muddatidan ancha uzun bo‘ladi. Bu talablar siz fuqarosi bo‘lgan mamlakat va boshqa omillarga ko‘ra farq qilishi mumkin. Iltimos, sayohatingiz davomida boradigan barcha mamlakatlar uchun pasport va viza talablari bilan tanishib chiqing va pasportingiz amal qilish muddati butun sayohatingiz uchun yaroqliligiga ishonch hosil qiling.

- Bepul tashiladigan yuk me’yoriga quyidagilar kiritilmaydi:
- ayollar sumkasi, erkaklar portfeli yoki qog‘oz solinadigan papka;
- fotoapparat, videokamera;
- parvoz vaqtida o‘qiladigan bosma nashrlar;
- og‘irligi 2 kg dan oshmaydigan ixcham kompyuter;
- chaqaloq uchun oziq-ovqat va bolalar uchun yo‘l beshigi;
- soyabon yoki hassa;
- palto, plash yoki boshqa ustki kiyim;
- qalin jun ro‘mol;
- qo‘ltiqtayoq (agar u parvoz davomida yo‘lovchiga kerak bo‘lsa);
- og‘irligi 5 kg dan va o‘lchami yeni, bo‘yi, balandligini jamlaganda 115 sm dan oshmagan,
Duty Free do‘konidan sotib olingan bitta sumkadagi xaridlar.

- Ba’zi mamlakatlar sayohatgacha olinishi kerak bo‘lgan kirish yoki tranzit vizalarini talab qiladi. Siz borishni rejalashtirgan yoki tranzit parvozlaringizda boradigan yoki ma’lum muddat davomida qoladigan mamlakatingiz elchixonasining viza/konsullik bo‘limi bilan bog‘lanishingizni tavsiya qilamiz. Ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida viza tartibi/viza olish haqidagi ma’lumotlarni joylaydilar, shuningdek, zaruriy ma’lumotni aviachipta bron qilishda agentingizdan ham bilib olishingiz mumkin. Zaruriy viza va belgilarning borligi borasidagi mas’uliyat to‘liq yo‘lovchilarda bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 507-sonli qarorini   4-band, a) kichik bandida shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari berilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 507-son qarorida O‘zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq quyidagi toifadagi fuqarolarga shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:

1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;

1941-1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;

1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;

Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;

Ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs uchun saqlab qolingan.

Shuningdek, shahar yo‘lovchilar transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan fuqarolar my.gov.uz. sayti orqali ariza yo‘lashingiz mumkinligimi ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-sonli qaroriga ko‘ra Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Boshqarmaga murojaat qoldirgan holda quyidagi tartibda ko’rib chiqiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 336-sonli qarorida Transport vazirligining xududiy boshqarmalari vakolatiga yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan takliflar kiritish yuklatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 72-sonli qarorining 29-bob 183-bandida yo‘nalishli transport vositalari yo‘nalishlari va bekatlarining joylashish manzilini DYHXX bilan belgilangan tartibda kelishilishi belgilab qoʻyilgan. Murojaatingiz 15 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi va tegishli tartibda javob beriladi.