
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarorida: yo‘nalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent Shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yo‘l, kommunal va boshqa), shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi va 2-ilova 68-bandiga asosan shaharlarda umumiy uzunligiga ko‘ra bir-birini 50 foizdan ko‘p bo‘lgan masofa oralig‘ida takrorlovchi avtobus bilan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ochilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda shahar jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etishda yo‘nalish masofasi shahar hududidan ko‘pi bilan 2 kmdan ortiq chiqmasligi belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”dagi 172-sonli qaroriga, 1-ilova “Yo‘l harakati qoidalari”ning 183-bandi (4-xatboshi)da Qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DYHXX bilan yo‘nalishli transport vositalari yo‘nalishlari va bekatlarining joylashishi belgilangan tartibda kelishilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.