Vazirlik haqida

    Bosh boshqarma Toshkent shahrida avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti va yo‘l xo‘jaligini (keyingi o‘rinlarda - transport va yo‘l xo‘jaligi) rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish, amalga oshirish, normativ-huquqiy tartibga solish, hududda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida jamoat transporti korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, sohani takomillashtirish yuzasidan norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy boshqaruv organi hisoblanadi. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) bo‘ysunadi. Bosh boshqarma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish Transport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlikning buyruqlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda mazkur nizomga amal qiladi. Boshqarma o‘z faoliyatini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, davlat tilida Vazirlik va o‘zining nomi ko‘rsatilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlarga egadir. Bosh boshqarmaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi; qisqartirilgani — Transport bosh boshqarmasi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — Head Department for the Development of Transport and Road Transport Infrastructure of Tashkent City; qisqartirilgani — Head Department of Transport; d) rus tilida: to‘liq nomi — Главное управление транспорта и развития дорожно транспортной инфраструктуры города Ташкента; qisqartirilgani — Главное управление транспорта.  Bosh boshqarma joylashgan joy: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi, 6-uy. 

Toshkent shahri hududida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish; transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish; transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek, avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish; Toshkent shahar tashkilotlari, shu jumladan kommunal va ekspluatatsiya tashkilotlarining yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l obyektlarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’i nazar muvofiqlashtirish; “Toshyo‘lovchitransxizmat” UK va Toshkent shahar transporti tizimini kompleks rivojlantirish “Loyiha ofisi” faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish. Bosh boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: tashuvlar, transport obyektlari xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash yuzasidan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda boshqaruv organlari va xo‘jalik subyektlari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qiladi; xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; transport va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar va konsepsiyalarni, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tegishliligi bo‘yicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi; avtotashuvlar, avtovokzal, avtostansiyalar faoliyatini boshqarish va dispetcherlik nazorati o‘rnatilishini tashkil etadi; mahalliy davlat hokimiyati organlari va aholining transport va yo‘l xo‘jaligi faoliyatiga tegishli takliflarini ko‘rib chiqadi, ularni umumlashtirgan holda Vazirlik markaziy apparatiga taqdim etadi; yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini xatlovdan o‘tkazadi, Vazirlik markaziy apparatiga to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan takliflar kiritadi; avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchilar tashishlarni litsenziyalashni, litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish uchun kelib tushgan buyurtmalarni ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasidan yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar yo‘nalishlaridagi to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilganligini, Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qiladi; muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflarda yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida: yo‘nalishlarni belgilash, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliya organlari bilan birgalikda yo‘nalishlarning boshlang‘ich narxini aniqlash; davlat budjeti hisobidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobini shakllantirish va mahalliy budjetlar parametrlarida nazarda tutish uchun buyurtmanomalar berish; yo‘nalishlarni belgilangan tartibda tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish va tender g‘oliblari bilan hokimlik nomidan brutto-shartnoma tuzish; hisobot davrida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash; yo‘lkira haqi to‘lanishini, tashuvchi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi va xizmatlar sifatini nazorat qilish; bajarilgan ish hajmi va sifat mezonlari asosida tashuvchiga brutto-shartnoma shartlariga asosan to‘lovlarni amalga oshirish; hisobot shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash; mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilgan tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy komissiyalarga o‘z xulosalarini kiritadi; bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish yuzasidan mahalliy hokimliklarga takliflar kiritadi; harakatdagi tarkib umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishi uchun 3 ruxsatnomalarni o‘z muddatida ko‘rib chiqadi va ruxsatnomalar beradi; aviatsiya va temir yo‘l transportini rivojlantirish maqsadida muammolar o‘rganilishini tashkil etadi va o‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi; aviatsiya infratuzilmasi (aeroport, aerodrom, uchish-qo‘nish yo‘lagi) bilan bog‘liq investitsiyalar, qurilish, yo‘lovchi va yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi. Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan ular vakolatiga tegishli masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda bepul so‘rash va olish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish.Bosh boshqarma quyidagilar uchun javobgar: Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar va takliflar, shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar loyihalarini sifatli tayyorlash; Toshkent shahrida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida tayyorlash; Toshkent shahrida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini samarali ta’minlash; harakatdagi tarkib umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga chiqishi uchun hujjatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqish, ruxsatnomalar berilishi yoki asoslangan tarzda rad etilishini ta’minlash; belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish choralarini ko‘rish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uldir