Bugungi kunda boshqarmada ayollar va erkaklar uchun barcha mehnat sharoitlari yaratilgan, ular teng huquq va imkoniyatlardan foydalanmoqda.
Ishga qabul qilish, xodimlarni joylashtirish va teng mehnat sharoitlarini yaratish sohasida
Boshqarmada ishga qabul qilishda erkaklar va ayollarning teng huquqlarini kafolatlaydi. Boshqarmada jami 27 nafar xodim mehnat qiladi, shundan 8 nafari (29.6 foiz) ayollar, 19 nafari (70.37 foiz) erkaklardir.
Teng imkoniyatlar yaratilgan. Transport vazirining 2021-yil 1-apreldagi 69-son buyrug‘i bilan Kadrlarni tanlash, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tizimi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, 2023-yil 2-avgustdagi 137-sonli buyrug‘i bilan Kadrlar tanlash, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Ochiq mustaqil tanlov asosida kadrlarni tanlash jarayoni, uning asosida ishga qabul qilishning shaffofligi ta’minlanadi.
Xususan, homilador ayollar va bolasi bor ayollarni ishga joylashtirish kafolatlari, ayollarga yillik ta’til, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari tartibini belgilashda beriladigan imtiyozlar, homilador va bolali ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish so‘zsiz qo‘llaniladi.
Transport tizimida mehnat qonunchiligiga rioya qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi holatini aniqlash va baholash bo‘yicha tizimli anonim so‘rov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, xodimlar kun davomida o‘z faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi uchun vaqtni boshqarishning yangi zamonaviy modellaridan foydalanish targ‘ib qilinmoqda.
Ayni paytda boshqarmada ish xodimlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizim -KPI asosida tashkil etilib, har bir xodimning faoliyati individual ravishda baholanmoqda. Bu o‘z navbatida ish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Transport vazirining 2020-yil 11-maydagi 87-son buyrug‘iga muvofiq Transport vazirligi huzurida ayollar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi tashkil etilgan.
Kengashning asosiy vazifasi markaziy apparatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini, huquqiy bilimini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o‘rganish va hal etishda ko‘maklashishdan iborat.
Gender tenglik madaniyatini targ‘ib qilish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-562-sonli “Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga, ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan materiallar to‘plami tayyorlandi, vazirlik xodimlariga huquqiy targ‘ibot ishlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida axborot-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.