0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli hamda 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorlariga asosan alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish orqali jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash belgilangan. Shunga ko‘ra, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida Sh.Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent ko'chalari bo'ylab tungi soat 22:00 dan tongi soat 06:00 gacha tungi avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilmoqda. Avtobuslar qizil rangda bo'lishi taklif qilinmoqda. Yo'nalishlar avtovokzal, temir yo'l vokzallari, aeroport, shifoxonalar hamda yangi tashkil qilinayotgan turizm ko'chalari orqali harakatlanishi belgilandi.