RASMIY MUNOSABAT

Chop etish Sahifani ulashish
08.09.2025 3 Yangiliklar

Vaib.uz  internet-nashri (2025 yil 7 sentyabr) maqolasida “Texnopark – Qipchoq” yo‘nalishi bo‘ylab metropolitenning yer usti liniyasi vaqtincha to‘xtagani sababli yo‘lovchilar avtobuslarda to‘planib qolgani haqida xabar berilgan.

Ma’lum qilamiz:
Mazkur yo‘nalishda 32 ta avtobus (7 ta King Long, 16 ta Yutong elektrobusi, 6 ta gazda harakatlanuvchi Yutong) harakatlanmoqda. Ular kun davomida 390 tadan ortiq qatnov amalga oshirmoqda, belgilangan oraliq 3–5 daqiqa.

Asosiy yuklama “Texnopark” bekatida kuzatilmoqda. Yo‘lovchilar oqimini to‘liq qamrab olish va avtobuslar intervalini tartibga solish maqsadida mas’ullar tomonidan nazorat kuchaytirildi.

Kunning tig‘iz paytida qatnov oralig‘ining 3–5 daqiqadan oshishi kuzatilmoqda. Bu, avvalo, yo‘l tirbandliklari bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan Toshkent shahar YXHBB va shahar xizmatlari jamoat transporti harakatini ustuvor ta’minlashga jalb qilindi.

Yo‘nalishda operativ guruhlar har kuni ish olib borib, vaziyatdan kelib chiqib qatnov jadvalariga o‘zgartish kiritmoqda.