2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni 2.3-bandi ijrosini
ta’minlash bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r | Chora-tadbir mazmuni | Amalga oshirish shakli va mexanizmi |
I. Transport tizimida masofadan turib, shu jumladan mobil ilovalar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘paytirish. | ||
1. | “Toshkent transporti” va “ATTO” mobil ilovasi imkoniyatlarini takomillashtirish. | Yangi xizmat turlarini mobil ilovalarda joriy qilish. |
2. | “Smart Bus Station” dasturiy tizimida “Mobil ilova” dasturini joriy qilish orqali yo‘lovchilarga chipta sotuvida yanada qulayliklar yaratish yuzasidan barcha zaruriy chora tadbirlar amalga oshirish. |
1. “Uzavtovokzal Servis” DUK tizimidagi avtovokzal va avtostansiyalarda chipta sotuvini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha yo‘lovchilarga chipta sotuvida inson omilini kamaytirish |
3. | Respublika (viloyatlar) kartasida barcha avtovokzal va avtostansiyalar joylashuvi, obyekt ma’lumotlarini aks ettiruvchi modul ishlab chiqish. | Modulni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
4. | Yangi brutto-shartnoma tizimi asosida yo‘nalishlarni tashuvchilarga biriktirish uchun “E-tender” tizimini takomillashtirish. |
1. “E-tender” tizimini takomillashtirish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. |
5. |
Xorijiy aviakompaniyalarning muntazam amalga oshiriladigan parvoz jadvallarini idoralararo elektron kelishish “Forma R” tizimini ishlab chiqish. Bunda, parvoz jadvallarini idoralararo kelishish raqamlashtirish orqali amaldagi ortiqcha qog‘ozbozliklardan voz kechiladi. |
1. Tizimning texnik hujjatlari loyihasini ishlab chiqish. |
II. Transport tizimida davlat xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini kamaytirish. | ||
6. | Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni litsenziya varaqlari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
III. Transport tizimida talab qilinadigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish. | ||
7. | Transport sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy va texnik tusdagi hujjatlar xatlovdan o‘tkazish. |
1. Idoraviy normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni xatlovini o‘tkazish va ushbu hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish; |
8. | Temir yo‘l transporti sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni transport sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini inventarizatsiya va monitoring qilish bo‘shliqlar, qarama-qarshiliklar, korrupsiogen omillar va boshqa holatlarni aniqlash. |
1.Sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish; |
IV. Transport tizimida talab qilinadigan hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartirish. | ||
9. | “E-permit” loyihasini qo‘shni davlatlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston amalga oshirish ishlarini tashkillashtirish. |
1. Qo‘shni davlatlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston bilan “E-permit” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borish. |
V. Shaffoflikni oshirish. | ||
10. | Jamoat transporti harakatini nazorat etish bo‘yicha markazlashtirilgan dispetcherlik tizimini tashkil etish. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Transport vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlash. |
11. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash. |
1. Mazkur qarorga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. |
12. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30- iyuldagi 636-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
VI. Aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonchalarini tashkil etish. | ||
13. | Transport xizmati iste’molchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikning taklif va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida “Mening transportim” mobil ilovasini ishga tushirsin. |
1. Dastur texnik shartlarini ishlab chiqish. |
14. | Sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklardan aholini xabardor etish, yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, ularning muammolari yechimi yuzasidan vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar yetkazish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydonchalarini tashkil etish. |
1.Tegishli mavzu yuzasidan vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (Telegram, Facebok, Instagram, YouTube) jonli muloqot va efirlar tashkil etish. |
15. | “Transport sohasida huquqiy savodxonlik” rukni ostida yuk va yo‘lovchi tashish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi, yo‘lovchilarning huquq-manfaatlari yuzasidan qonunchilikdagi tegishli normalar mazmun mohiyatini tushuntirishni yo‘lga qo‘yish. | "Telegram"da ushbu rukn ostida alohida kanal tashkil etish va muntazam ravishda turli kontentlar bilan to‘ldirib borish. |
16. | Sohada qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarni kuchaytirish. | Turli ko‘rinishdagi media mahsulotlar (reportaj, videorolik, infografika va. h.) |
17. | Hududlarda jamoat transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilgi rejalar yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazish. | Ommaviy axborot vositalari vakillari va jamaotchilik faollari ishtirokida matbuot anjumanlari tashkil etish. |
18. | Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi milliy tashuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish. | “Telegram”dagi “Yuk tashuvchilar bilan muloqot” guruhida sohaga doir o‘zgarish va yangiliklar, tegishli masalalar yuzasidan dolzarb xabarlarni muntazam berib borish, guruh orqali kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rgangan holda tegishli mutaxassislar tomonidan javoblarni o‘z vaqtida berib borish. |