0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!
Sh.Rustaveli ko'chasining Grand mir mehmonxonasidan Cho'pon ota ko'chasigacha bo'lgan qismida qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo'nalishlari harakatiga vaqtincha quyidagicha qo'shimcha o'zgartirishlar kiritildi:
- 12, 45-sonli yo'nalishlar harakati Bobur, Kichik halqa yo'li, Qushbegi, Muqimiy, Bobur ko'chalari orqali bir tomonlama aylanma ko'rinishda;
- 18-sonli yo'nalish harakati Muqimiy, Arnasoy, Cho'pon ota ko'chalari orqali;
- 33-sonli yo'nalish harakati Cho'pon ota S.Sirojiddinov, Shoxjaxon, Bobur ko'chalari orqali;
- 126-sonli yo'nalish harakati Sh.Rustaveli, Cho'pon ota, Bog'i Bo'ston, At-Termiziy, O'rikzor, Bobur ko'chalari orqali;
- 69, 114-sonli yo'nalishlar harakati Kichik halqa yo'li orqali Bog'i Bo'ston va Cho'pon ota ko'chlari orqali harakatlanmagan holda;
- 38, 40, 57, 58-sonli yo'nalishlar harakati Kichik halqa Janubiy vokzal bekatidan Kichik halqa yo'liga harakatlangan holda;
- 67-sonli yo'nalishning ikki tomonlama harakati Shaxrisabz, Oybek, Nukus, Bobur koʻchalari orqali;
- 81, 98-sonli yoʻnalishlar Yusuf Xos Hojib, Bobur koʻchalari orqali;
- 2, 80, 94, 127-sonli yoʻnalishlar Muqimiy ko'chasining Bobur ko'chasidan Sh.Rustaveli ko'chasigacha bo'lgan oralig'idagi qismi orqali o'zgartirildi.
- 135-sonli yo'nalish harakati Muqimiy ko'chasidagi "Muqimiy ko'chasi" bekatida qisqartirildi.