E’lon! Yo‘lovchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
12.09.2025 3 Yangiliklar

E’lon! Yo‘lovchilar diqqatiga!

Lutfiy ko‘chasining Farxod ko‘chasidan Shirin ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida olib borilayotgan qurilish ishlari munosabati bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari vaqtincha quyidagicha o‘zgartiriladi:

Bir tomonlama harakat:

2, 9t, 13, 17t, 56, 113-sonli yo‘nalishlar — Farxod, Katta Xirmontepa, Shirin ko‘chalari orqali.

O‘zgarish bilan davom etadigan yo‘nalishlar:

41, 70, 127, 150-sonli yo‘nalishlar — Kichik halqa yo‘li, Farxod, M. Shayxzoda, Shirin ko‘chalari orqali keyingi harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi.

 

Hurmatli yo‘lovchilar!

Iltimos, qatnovlaringizni oldindan rejalashtiring. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi